Текст заказа
VAKANSIYA: Call-markaz operatori va Sotuvchi-konsultantlar
Eslatma: Vakansiya haqida to'liq o'qib, hammasi ma'qul bo'lgan holda rezyume jo'nating, iltimos
Kompaniya haqida
Biz qurilish kompaniyalari uchun marketing va sotuv xizmatlarini ko'rsatamiz: lid jalb qilamiz, sotuv bo'limini quramiz va loyihalarni sotuvga olib chiqamiz. Hozir Toshkentdagi ikkita turar-joy loyihasi uchun sotuv jamoasini yig'yapmiz: biri Hasanboyda (Yunusobodga yaqin), ikkinchisi Sergelida. Ikki lavozimga xodim qabul qilamiz: call-markaz operatori va sotuvchi-konsultant.
Majburiyatlar
Call-markaz operatori:
Kiruvchi lidlarga tez qo'ng'iroq qilish
Mijoz ehtiyojini aniqlash va loyihani taqdim etish
Mijozni sotuv ofisi va qurilish maydoniga tashrifga taklif qilish
Tashrifni tasdiqlash, kelmagan mijozlar bilan qayta ishlash
Sotuvchi-konsultant:
Ofisga kelgan mijozlarni kutib olish va konsultatsiya berish
Mos xonadon variantlarini taqdim etish, qurilish maydonini ko'rsatish
E'tirozlarga javob berish, mijozni bron va shartnomagacha olib borish
Hali qaror qilmagan mijozlar bilan qayta ishlash (dojim)
Ikkala lavozim uchun:
CRM'ni to'liq va o'z vaqtida yuritish
Talablar
Call-markaz operatori lavozimiga: operator bo'lib ishlagan tajriba shart
Sotuvchi-konsultant lavozimiga: sotuvchi bo'lib ishlagan tajriba shart
O'zbek tilida ravon gapirish
Kommunikabellik, xushmuomalalik, stressga chidamlilik
Intizomlilik va natijaga intilish
Kompyuter va CRM bilan ishlay olish
Shartlar
Call-markaz operatori:
Fix 3 000 000 so'm + har bir kelgan tashrif uchun 20 000–60 000 so'm bonus
Belgilagan tashrifingiz sotuv bilan yakunlansa, har bir sotuvga qo'shimcha 100 000 - 200 000 so'm
Natijali operatorlar oyiga 10 000 000 so'm va undan ko'p ishlaydi
Ish joyi: Yakkasaroy tumanidagi ofis
Ish grafigi: 09:00–18:00, 5/2. Shanba va yakshanba ish kuni, dam olish kunlari hafta ichida kelishilgan holda beriladi
Sotuvchi-konsultant:
Fix 3 000 000 so'm + har bir sotuvga 250 000–650 000 so'm bonus
Natijali menejerlar oyiga 15 000 000 so'mdan ko'p ishlaydi
Katta menejer lavozimigacha o'sish imkoniyati
Ish joyi: Hasanboy yoki Sergelidagi sotuv ofisi (o'zingizga qulayini tanlaysiz, ayni paytda ishni va obucheniyani Hasanboy ofisida boshlaysiz)
Ish grafigi: 09:00–20:00, 5/2. Shanba va yakshanba ish kuni, dam olish kunlari hafta ichida kelishilgan holda beriladi
Ikkala lavozim uchun:
Bonuslarga cheklov yo'q
Oyning eng yaxshi xodimiga qo'shimcha 1 000 000 so'm
Novostroyka sotuvi bo'yicha qisqa obucheniya, tayyor skriptlar va reglament
Oylik o'z vaqtida to'lanadi
Rezyume yuborayotganda qaysi lavozimga topshirayotganingizni yozing. Sotuvchi-konsultant lavozimiga topshirsangiz, qaysi ofis sizga qulayligini ham yozing.