Текст заказа
Vazifalar:
ARZON OMBOR do'koni uchun zav mag kerak
Do‘konning kundalik faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish.
• Savdo zalidagi xodimlar, sotuvchilar va kassirlar faoliyatini nazorat qilish.
• Xodimlarning ishga kelishi, ish vaqti va mehnat intizomiga rioya etishini ta’minlash.
• Xodimlarga kunlik vazifalar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
• Savdo zalida tozalik, tartib va mahsulotlarning to‘g‘ri joylashtirilishini ta’minlash.
• Mahsulotlar javonlarda yetarli miqdorda bo‘lishini nazorat qilish.
• Mahsulot narxlari va narxnomalarning to‘g‘ri joylashtirilishini tekshirish.
• Mahsulotlarning belgilangan bo‘limlar va kategoriyalar bo‘yicha joylashtirilishini nazorat qilish.
• Mahsulot qoldiqlari va assortiment holatini kuzatib borish.
• Ombor bo‘limi bilan hamkorlikda mahsulotlarni o‘z vaqtida savdo zaliga chiqarishni tashkil etish.
• Xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish va kelib chiqadigan muammolarni hal etish.
• Do‘kon faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
• Rahbariyatga do‘kon faoliyati yuzasidan muntazam hisobot berish.
Talablar:
Chakana savdo sohasida boshqaruvchi lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasi.
• Jamoani boshqarish va xodimlar faoliyatini tashkil etish ko‘nikmasi.
• Savdo do‘koni faoliyati va savdo jarayonlarini yaxshi tushunish.
• Mahsulot qoldiqlari, tovar aylanmasi va mahsulot joylashtirish jarayonlarini tushunish.
• Mas’uliyatli, talabchan va tashabbuskor bo‘lish.
• Muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila olish.
• Kompyuter savodxonligi.
• SAP va POS dasturlarida ishlash ko‘nikmasi ustunlik beradi.
Shartlar:
Barqaror va rivojlanib borayotgan kompaniyada ishlash.
• O‘z vaqtida va barqaror ish haqi.
• Ish jadvali: kompaniya tomonidan belgilangan grafik asosida.
• Tushlik va kechki ovqat kompaniya hisobidan.
• Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.
• Kasbiy va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati.
• Ahil va professional jamoada ishlash.