Текст заказа
Lavozim majburiyatlari:
Savdo bo‘limi faoliyatini to‘liq boshqarish va rivojlantirish.
B2B va B2C savdo yo‘nalishlarini rivojlantirish. (B2B va B2C da tajriba shart)
Savdo strategiyasi va oylik, choraklik rejalarni ishlab chiqish.
Savdo rejalari bajarilishini ta’minlash.
Yangi korporativ mijozlarni jalb qilish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
B2B mijozlar bilan muzokaralar olib borish jarayonini nazorat qilish.
Yirik mijozlar va strategik hamkorlar bilan ishlash.
Savdo menejerlari faoliyatini boshqarish va KPI ko‘rsatkichlarini nazorat qilish.
Savdo voronkasi (CRM) va mijozlar bazasi bilan ishlash samaradorligini oshirish.
Debitor qarzdorlik va to‘lovlar intizomini nazorat qilish.
Savdo hajmi, tushum va foyda ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.
Jamoani shakllantirish, xodimlarni o‘qitish va motivatsiya qilish.
Rahbariyatga savdo natijalari bo‘yicha muntazam hisobot berish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Savdo sohasida kamida 3–5 yillik ish tajribasi.
Savdo bo‘limi rahbari yoki ROP lavozimida kamida 2 yillik tajriba.
B2B savdo yo‘nalishida ishlagan bo‘lishi shart.
Korporativ mijozlar bilan muzokaralar olib borish tajribasi.
Yirik bitimlar va uzoq muddatli shartnomalar bilan ishlash ko‘nikmasi.
Savdo jamoasini boshqarish va rivojlantirish tajribasi.
CRM tizimlari va Excel bilan ishlash ko‘nikmasi.
KPI, konversiya va savdo voronkasi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
Kuchli muzokara olib borish va taqdimot ko‘nikmalari.
Natijaga yo‘naltirilganlik, mas’uliyat va liderlik qobiliyati.
Ish sharoitlari:
Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash.
Raqobatbardosh oylik maosh.
KPI asosida bonus va rag‘batlantirish tizimi.
Professional rivojlanish va martaba o‘sishi.
Zarur ish sharoitlari va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.