← Все заказы

Kontent Produser (SMM, Media va Kreativ yo‘nalishlar bo‘yicha)

Uzbekistan Creative Association

14 ч назад

Текст заказа

Kontent Produser (SMM, Media va Kreativ yo‘nalishlar bo‘yicha)
**Tashkilot: _Uzbekistan Creative Association_
Joylashuv: _Toshkent_
Ish turi: _To‘liq stavkada (offlayn)_**
Asosiy vazifalar:
\- Uzbekistan Creative Association faoliyatini yorituvchi ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram, LinkedIn, YouTube) uchun strategik kontent rejasini ishlab chiqish va yuritish;
\- O‘zbekiston va xorijdagi kreativ soha vakillari (animatorlar, game lider yoki developerlar, dizaynerlar, musiqachilar, startapchilar va boshqa kreativ soha vakillari) bilan intervyular, podkastlar va maxsus reportajlar tayyorlash;
\- Qiziqarli va ma’naviy boy maqolalar, roliklar, mini-intervyular hamda “behind the scenes” kontentlar yaratish orqali keng auditoriyani jalb etish;
\- Video va foto kontentlar uchun ssenariy, struktura va g‘oya ishlab chiqish;
\- Ijtimoiy tarmoq statistikalarini tahlil qilib, auditoriya o‘sishi va faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
\- Tashkilot loyihalari (GameFest, Creative Bootcamp, NextGen Creators, va boshqalar) bo‘yicha axborot kampaniyalarini boshqarish;
\- PR bo‘limi va dizayn jamoasi bilan birgalikda integratsion media loyihalar ishlab chiqish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
\- SMM, jurnalistika, media, kommunikatsiya yoki marketing yo‘nalishida kamida 2–3 yillik tajriba;
\- Kontent produserlik yoki intervyu/podkast tayyorlash bo‘yicha amaliy tajriba;
\- Ijtimoiy tarmoqlarda trend va algoritmlarni chuqur tushunish;
\- Videorolik va postlar uchun kreativ ssenariy yozish qobiliyati;
\- Adobe Premiere, CapCut, Canva yoki shu kabi dasturlarni bilish afzal;
\- O‘zbek va rus tillarida ravon so‘zlasha olish (ingliz tili afzal);
\- Kreativ, kommunikativ va jamoada ishlashga moyil bo‘lish.
Afzal jihatlar:
\- Media yoki startap loyihalarda ishtirok etgan bo‘lish;
\- Podkast yoki video-intervyu loyihalarida yetakchi/ijodiy rol o‘ynagan bo‘lish;
\- O‘zbekiston va jahon kreativ iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Ish haqi:
Tajriba va portfoliodan kelib chiqib belgilanadi (intervyu asosida).
Kichik topshiriq:
\- Biz siz ushbu e’lonni oxirigacha diqqat bilan o‘qiganingizga va bizning yondashuvimizni qo‘llab-quvvatlashingizga ishonch hosil qilish uchun, o‘zingizning arizangiz (javob xatingiz) boshida quyidagi so‘zni yozing: _"CreativeReady"_
_Ushbu so‘zsiz yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi_

Похожие заказы