Текст заказа
Junior IT Academy — Toshkent shahridagi 7–17 yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ta’lim markazi. O‘quvchilarimiz dasturlash va grafik dizayn yo‘nalishlarida onlayn ta’lim olishadi. Bizning maqsadimiz — bolalarga zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatish, ularning mantiqiy fikrlashi va ijodkorligini rivojlantirish. Hozirgi kunda 2000+ nafar o‘quvchi onlayn tarzda faol ta’lim olmoqda. Biz sizni do‘stona jamoamizning bir qismiga aylanishga va o‘z sohasining eng yaxshi mutaxassislari bilan birga ishlashga taklif qilamiz.
Vazifalar:
Kiruvchi murojaatlarni qabul qilish va mijozlar bilan aloqa o‘rnatish (mijozlarni mustaqil izlash talab etilmaydi — marketing bo‘limi tayyor murojaatlarni taqdim etadi)
Mijozlarga kurslar haqida batafsil ma’lumot berish
Xizmatlar va kurslarni sotishni amalga oshirish
Talablar:
Savodli va ishonchli nutq
O‘zbek tilini majburiy bilish
Xushmuomalalik va odamlar bilan samarali muloqot qila olish
Sabr-toqatli, tirishqoq va vazifalarga diqqatni jamlay olish
Biz taklif qilamiz:
Ish haqining o‘z vaqtida va barqaror to‘lanishi
Rasmiy ishga joylashish va haq to‘lanadigan ta’til
Sotuvlardan yuqori foiz
Korporativ tadbirlar
Har bir xodimni qadrlaydigan va doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan rahbariyat
Ish grafigi: 6/1, 10:00–19:00
Asosiy ko‘nikmalar:
Faol sotuvlar
Mijozlarga maslahat berish
Telefon orqali muzokaralar olib borish
amoCRM
Iliq mijozlar bilan ishlash
Konsultativ sotuvlar
CRM tizimlari bilan ishlash