← Все заказы

IT-specialist

Registan School

14 ч назад

Текст заказа

Tashkilotdagi kompyuterlar, noutbuklar va ofis texnikalariga (printer, skaner, proyektor, interaktiv doskalar) texnik xizmat ko'rsatish va sozlash.
Operatsion tizimlar (Windows/Mac) va ish jarayoni uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotlarni o'rnatish, yangilash hamda nosozliklarni bartaraf etish.
Lokal tarmoq (LAN) va Wi-Fi qurilmalarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish.
Xodimlarga va ish jarayonida yuzaga keladigan texnik muammolarga tezkor yordam ko'rsatish (Helpdesk).
Axborot xavfsizligini ta'minlash va kerakli ma'lumotlarning zaxira nusxalarini (backup) yaratish.
Yangi texnikalarni xarid qilish bo'yicha tavsiyalar berish va hisobini yuritish.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
IT, telekommunikatsiya yoki texnik yo'nalishda ma'lumot (o'rta-maxsus yoki oliy).
Kompyuterning apparat qismlari (hardware) va tarmoq uskunalarini (router, switch) yaxshi tushunish.
Ofis texnikalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha amaliy tajriba.
Muammolarni tez va mustaqil hal qila olish qobiliyati, mas'uliyatlilik.
Jamoada ishlay olish va muloqotga kirishuvchanlik.
Ushbu yo'nalishda kamida 1 yillik ish tajribasi.

Похожие заказы