← Все заказы

Ta'lim bo'yicha sotuv menejeri (Chet elda o'qish)

GSC AGENCY

13 ч назад

Текст заказа

GSC Agency — Yevropa va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlarida ta'lim olish, grantlar va viza ko'magini taqdim etuvchi xalqaro ta'lim konsalting kompaniyasi.
Biz jamoamizga shunchaki muloqot qiladigan emas, balki natija qila oladigan va yuqori daromad olishga intiluvchan Sotuv menejeri ni taklif etamiz!
!!! TALABALAR va KECHKI ta'limda o'qiydiganlar iltimos bezovta qilmang!
Sizning vazifalaringiz:
Kiruvchi va chiquvchi so'rovlar (issiq lidlar) bilan ishlash;
Talabalar va ularning ota-onalariga xorijda ta'lim olish xizmatlarini taqdim etish va sotish;
Mijozni birinchi muloqotdan to shartnoma tuzish va to'lov qilgunigacha professional olib borish;
AmoCRM tizimida bitimlarni tartibli yuritish;
Shaxsiy savdo rejasini muntazam bajarish.
Biz qanday nomzodni qidiryapmiz?
Savdo sohasida kamida 1 yil tajribaga ega bo'lgan (ta'lim yoki konsalting sohasida);
Yoshi 20 - 25 o'ralig'idagilar;
Muloqotda ishonchli, ravon va mijozlarni ishontirish qobiliyatiga ega;
E'tirozlar va qiyin mijozlar bilan ishlashdan qo'rqmaydigan;
AmoCRM tizimida ishlash ko'nikmasiga ega;
O'zbek tilida mukammal va erkin so'zlasha oladigan;
Rus tili va Ingliz tili ni bilish — katta ustunlik beradi;
Intizomli, mas'uliyatli va natijaga yo'naltirilgan.
Sizga nima taklif etamiz?
Yuqori va cheklovlarsiz daromad: 4 000 000 so'm fiksatsiyalangan oylik + KPI + bonuslar (O'rtacha daromad 7 000 000 – 25 000 000+ so'm );
Tayyor billing va issiq mijozlar bazasi (sovuq qo'ng'iroqlar yo'q);
Mahsulot, sotuv texnikalari va skriptlar bo'yicha professional treninglar hamda qimmatli onlayn darsliklar;
Karyera o'sishi: Katta menejer yoki Savdo bo'limi rahbari darajasigacha ko'tarilish imkoniyati;
Ish grafigi: 9:00-18:00, 6/1;
Faqat toliq stavkaga!
Qulay ofis: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 60B.
Agar siz shunchaki oylik uchun o'tirishni emas, balki o'z mehnatingizga yarasha haqiqatda yuqori daromad topishni xohlasangiz — arizangizni (rezyume) qoldiring!

Похожие заказы