← Все заказы

Управляющий филиалом

ASLZAR

13 ч назад

Текст заказа

Filial rahbari
Kompaniya haqida
Biz qimmatbaho toshlar savdosi va ularni muddatli to’lovga taqdim etish bo’yicha ixtisoslashgan kompaniyamiz. Respublika bo’ylab 40 dan ortiq filialimiz faoliyat yuritadi. Jamoamizni savdoni yaxshi tushunadigan, o’sishga va rahbarlikka intiluvchi mutaxassis bilan kuchaytirmoqchimiz.
Vazifalar:
Sinov davrida kompaniya jarayonlari, mahsulot va filial ishini o’rganish
Filial faoliyatini tashkil etish va boshqarish
Savdo rejasining bajarilishini ta’minlash va natijalarni tahlil qilish
Xodimlar ishini nazorat qilish va ularni rivojlantirish
Mijozlarga xizmat sifatini oshirish
Muddatli to’lov bo’yicha undiruv jarayonini nazorat qilish
Hisobotlarni o’z vaqtida tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish
Talablar:
Quyidagi sohalardan birida turli lavozimlarda kamida 2 yillik ish tajribasi: soliq, bank, mikromoliya tashkiloti (MFO), muddatli to’lov (rassrochka) kompaniyasi yoki mahsulotni bo’lib to’lashga sotadigan tashkilot
Rahbarlik tajribasi afzallik hisoblanadi
Jamoani boshqarish va nazorat qilish ko’nikmasi yoki shunga qiziqish
Mas’uliyatlilik, talabchanlik va natijaga yo’nalganlik
Ozoda tashqi ko’rinish, ishbilarmonlik madaniyati
Boshqa hududdagi filialda ishlashga tayyorlik
Biz taklif qilamiz:
Rasmiy ishga qabul qilish
Sinov davrida oylik maosh 10 000 000 so’mgacha
Sinov davridan so’ng filial rahbari lavozimida 15 000 000 so’m va undan yuqori oylik daromad qilish imkoniyati
Boshqa hududga tayinlanganda kompaniya hisobidan kvartira va kompensatsiya
Ish vaqti: 08:30 dan 19:00 gacha, haftada 6 kun

Похожие заказы