Текст заказа
Hududiy savdo menejeri (B2B)
Eshik ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonaga
Asosiy vazifalar:
O‘zbekiston hududlarida savdo hajmini oshirish.
Yangi mijozlar va dilerlarni jalb qilish.
Mavjud mijozlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Korporativ va ulgurji mijozlar bilan muzokaralar olib borish.
Mahsulotlarni taqdim etish va sotuvni amalga oshirish.
Belgilangan savdo rejasini bajarish.
Hududiy bozori va raqobatchilarni o‘rganish.
Mijozlardan to‘lovlarni o‘z vaqtida undirish va debitor qarzdorlikni nazorat qilish.
Hududlarga xizmat safarlariga chiqish.
Har kuni ertalabki yig‘ilishda qatnashish va kunlik hisobot topshirish.
Talablar:
Savdo sohasida 2–3 yillik tajriba.
B2B savdo va muzokaralar olib borish ko‘nikmasi.
Yangi mijozlarni mustaqil topish va jalb qilish qobiliyati.
O‘zbek va turk tillarini yaxshi bilish.
Rus tilini bilish ustunlik beradi.
Word va Excel dasturlarini bilish.
O‘zbekiston hududlariga xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.
Shaxsiy avtomobil bo‘lishi shart.
Shaxsiy fazilatlar:
Halollik, mas’uliyat, faollik, tashabbuskorlik, kirishimlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
Biz taklif qilamiz:
Qo‘shma korxonada ishlash imkoniyati.
Professional rivojlanish va o‘sish.
Natijaga bog‘liq savdo faoliyati.
Maqsad: dastlabki 3 oy ichida yangi mijozlar va dilerlar bazasini shakllantirish, hududiy savdoni rivojlantirish va belgilangan savdo rejasini bajarish.